O'zbekiston Respublikasining
Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

 

1 - yanvar 2018
 

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi

Aziz va muhtaram vatandoshlar!

Qadrli dostlar!

Jonajon Vatanimizga Yangi 2018 yil kirib kelmoqda.

Siz azizlarni, motabar nuroniylar, mehribon opa-singillarimizni, azmu shijoatli yoshlarimizni, kop millatli butun xalqimizni ushbu qutlug ayyom bilan samimiy tabriklayman.

Barchangizga sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, baxtu saodat va farovonlik tilayman.

Ming shukrki, turli muammo va qiyinchiliklarga qaramasdan, 2017 yil mamlakatimiz uchun tinch, har tomonlama omadli va barakali boldi.

Biz taraqqiyotimizning yangi davri, yangi bosqichiga qadam qoydik. Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida belgilangan vazifalarni bajarishga bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etdik.

Xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2017 yilni barcha sohalarda yorug yuz bilan yakunlashga erishdik.

Eng muhimi, davlatning xalqqa munosabati ozgarmoqda. Xalq degan tushunchaning qadri yuksalmoqda. El-yurtga xizmat qilish hayotimiz mazmuniga aylanmoqda.

Bularning barchasi odamlarimizning kundalik hayotida oz amaliy ifodasini topmoqda. Ularning ertangi kunga ishonchi yanada mustahkam bolmoqda.

Tashqi siyosat sohasidagi faoliyatimiz ham, aytish mumkinki, goyatda samarali boldi. Ayniqsa, qoshni davlatlar bilan munosabatlarimiz yangicha ruh va mazmun kasb etmoqda.

Bu esa mintaqamizda ozaro ishonch, dostlik va hamkorlik muhitini yanada kuchaytirish uchun mustahkam zamin bolmoqda. Biz bu strategik yolni 2018 yilda ham izchil va faol davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, uzoq va yaqin barcha mamlakatlar xalqlarini ham, Yangi yil bayrami bilan tabriklab, ularga tinchlik va ravnaq tilaymiz.

Aziz yurtdoshlar!

Biz Yangi 2018 yilga Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili, deb nom berdik.

Biz buyuk kelajagimizni aynan mana shunday yuksak maqsad va goyalar asosida barpo etamiz.

Xalqaro maydonda keskin raqobat kuchayib borayotgan hozirgi vaqtda bu eng togri va samarali yoldir.

Shu manoda, 2018 yil Ozbekiston taraqqiyotida hal qiluvchi yil boladi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor.

Yangi yilda ham xalqimiz hayot darajasi va sifatini, barcha toifadagi aholimiz daromadlarini oshirishga alohida ahamiyat beramiz.

Yurtimizda tinchlik va barqarorlik, millatlar va elatlar ortasidagi totuvlik, ozaro hurmat va mehr-oqibatni mustahkamlash asosiy vazifamiz bolib qoladi.

Chet ellardagi vatandoshlarimiz bilan aloqalarni kengaytirishga yanada katta etibor qaratamiz.

Ishonaman, 2018 yilda barchamiz birgalikda, ozimizni ayamasdan mehnat qilib, oz oldimizga qoygan vazifalarni bajarishga albatta erishamiz.

Aziz va muhtaram vatandoshlarim!

Mana shu nurafshon daqiqalarda hammamiz ezgu orzu-umidlar bilan Yangi 2018 yilga qadam qoymoqdamiz.

Mening niyatim, tilagim shuki, har bir oila, har bir inson murod-maqsadiga yetsin!

Barchangizga dunyodagi eng katta baxt oilaviy xotirjamlik, farzandlar, nabiralar baxtu kamolini korish nasib etsin!

Yurtimiz tinch, xalqimiz omon bolsin!

Yangi yil barchamizga muborak bolsin!

 

 

 

 

 

Telefon: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
119017,  Pogorelskiy tor kochasi, 12, Moskva, Rossiya 

Elektron-pochta: info@uzembassy.ru