O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi

◊ O'zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasining veb-sahifasiga xush kelibsiz ◊



google
 

 

 

02.11.2017

S.Soipov ishi togrisida

 

Joriy yil 31 oktyabr kuni Amerikaning Nyu-York shahrida terror xuruji sodir etildi, 29 yoshli Ozbekiston fuqarosi Sayfulla Soipov uni amalga oshirganlikda gumon qilinmoqda.

Ozbekiston Respublikasining vakolatli idoralari ushbu taxminni tasdiqlamoqda. Soipov Sayfulla Habibullayevich 1988 yil 8 fevralda Toshkentda tugilgan. 2005 yili kasb-hunar kollejini tamomlagan, 2005 2009 yillari esa Toshkent Moliya institutida oqigan. Oliy oquv yurtini tamomlaganidan song poytaxtdagi Sayohat mehmonxonasiga hisobchi bolib ishga joylashgan. AQShga ketguniga qadar S.Soipov jinoiy javobgarlikka tortilmagan va umuman huquq-tartibt idoralarining etiboriga tushmagan.

2010 yili Sayfulla Soipov grin kard lotereyasini yutgan va osha yilning ozida AQShga jonab ketgan. Songgi bir necha yil davomida u AQShda vaqtincha istiqomat qilayotgan ozbekistonlik ayol bilan fuqarolik nikohida bolgan. Oshandan buyon S.Soipov Ozbekistonga biron marta ham kelmagan, hozir ham Toshkentda yashaydigan oz ota-onasi bilan korishmagan.

S.Soipov AQShda bolishi davrida Ozbekistonning diplomatiya vakolatxonalarida konsullik hisobida turmagan, holbuki amaldagi yuridik meyorlarga muvofiq konsullik hisobida turishi lozim bolgan.

Mahalladagi qoshnilari S.Soipovga juda ijobiy tarif berishdi: ularning aytishlaricha, u hech qanday shubha uygotmagan, boshqalarga nisbatan doimo ozini vazmin va samimiy tutgan. Farovon oilada tarbiya korgan. Ota-onasi ananaviy islomga etiqod qiladi va hech qachon qandaydir ekstremistik oqimlar bilan aloqada bolishmagan.

AQShga borganidan keyin Sayfulla Soipov odamovi bolib qolgan, radikal guruhlarning tasiri ostiga tushgan. Bu haqda Amerika OAV ham uni bilgan odamlarning fikrlariga tayanib shunday xabar berdi.

Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga yollagan taziyanomasida Nyu-York shahridagi terrorchilik harakati oqibatida begunoh kishilarning qurbon bolgani munosabati bilan chuqur hamdardlik izhor etdi. Mamlakatimiz rahbari Ozbekiston tomoni ushbu terror harakatini surishtiruv ishlariga komak korsatish uchun bor kuch va vositalarini ishga solishga tayyor ekanligini tasdiqladi.

Jahon AA

 

 

 

 

 

 

Telefonlar: (499) 230-00-76, 230-00-78; Faks: (499) 238-89-18
Manzilgoh; 119017, Rossiya Federatsiyasi, Moskva shahri, Pogorelskiy tor ko'chasi, 12
E-mail:
info@uzembassy.ru