◊ ◊



google
 

 

20.06.2017

 

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik korish va uni otkazish chora-tadbirlari togrisida

 

Ozbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi

 

Xalqimiz siyosiy tafakkurining noyob namunasi bolgan Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi Vatanimiz mustaqilligi, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, fuqarolarimizning hukuq va erkinliklari hamda manfaatlarining mustahkam kafolati sifatida yurtimizda bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan xukuqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, Ozbekistonning xalqaro maydonda munosib orin egallashi borasida asosiy poydevor bolib kelmokda.

Mamlakatimizda Konstitutsiyamizda belgilab berilgan qoida va tamoyillar negizida samarali milliy qonunchilik tizimi, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari shakllanib, hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida keng kolamli islohotlar amalga oshirilayotgani, davlatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalib, xalqimizning ongu tafakkuri tobora osib borayotgani ayniqsa ahamiyatlidir.

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hayotimizdagi orni va ahamiyatini keng targib etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yoshlarimiz qalbida qonunga hurmat, Vatanga mehr va sadoqat tuygusini kuchaytirish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda Asosiy Qonunimiz qabul qilinganining yigirma besh yillik sanasini keng nishonlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha asosiy tadbirlar dasturi (keyingi orinlarda - Dastur) 1-ilovaga muvofiq;

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul kilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik korish va uni otkazish boyicha respublika tashkiliy qomitasi (keyingi orinlarda - Tashkiliy qomita) tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Tashkiliy qomitaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:

Dasturda kozda tutilgan tadbirlarning mamlakatimizdagi barcha davlat va nodavlat tashkilotlarini, keng jamoatchilikni faol jalb etgan holda, yukori saviyada otkazilishini taminlash;

davlat idoralari va muassasalari, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining Dasturda kozda tutilgan tadbirlarni amalga oshirishga doir faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish;

Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining norma va tamoyillari hayotga tatbiq etilishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kolamli demokratik, sotsial-iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin bolib xizmat kilayotgan Asosiy Qonunimizning ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga bagishlangan turkum tadbirlarni tashkil etish va bu borada amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taminlash.

3. Tashkiliy qomita:

Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Dasturni amalga oshirishni moliyalashtirish manbalari va hajmini belgilasin;

on kun muddatda Dasturda belgilangan tadbirlarni oz vaqtida va yuqori saviyada amalga oshirish uchun tegishli ishchi guruhlar tarkibi, kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlasin va amalga oshirishga kirishsin.

4. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Ozbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligiga bagishlangan tadbirlarni keng yoritish tavsiya etilsin.

5. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Ozbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.Murodov zimmasiga yuklansin.

 

Ozbekiston Respublikasi

           Prezidenti                                                                    Sh.Mirziyoyev

 

 

 

 

 

: +7 (499) 230-00-76, 230-00-78; : +7 (499) 238-89-18
: 119017, , . , , 12
E-mail:
info@uzembassy.ru