Rossiya 158 ming O'zbekiston fuqarolariga kirish taqiqini bekor qildi
Rossiya bundan oldin ushbu mamlakat hududiga kirish taqiqlangan 158 ming O'zbekiston fuqarosiga nisbatan "migratsiya amnistiyasi" ni e'lon qildi.
Bu haqda Rossiya ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Aleksandr Gorovoy Moskvaga tashrif buyurgan O‘zbekiston Bosh vazirining maslahatchisi Mehriddin Xayriddinov boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi bilan uchrashuv chog‘ida maʼlum qildi.
Qayd yetish kerakki, berilgan "migratsiya amnistiyasi" sud qarorlari asosida ilgari Rossiyadan deportatsiya qilingan O‘zbekiston fuqarolariga nisbatan qo‘llanilmaydi.
Bundan tashqari, Rossiya ichki ishlar vazirligining maxsus pilot loyihasi doirasida joriy yilning 18-oktabridan boshlab O'zbekiston tomoni bilan hamkorlikda mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Rossiyaga jo'nab ketmoqchi bo'lgan 10 ming nafar O'zbekiston fuqarosi respublikadan chiqishidan oldin ish ruxsatnomalarini (patent) rasmiylashtirishi mumkin bo'lgan mexanizm ishga tushiriladi. Ushbu mexanizm Rossiya ish beruvchilar tomonidan amalga oshiriladigan xarajatlar uchun ish ruxsatnomasini rasmiylashtirish muddatini sezilarli darajada kamaytiradi.
Qo'shimcha ma'lumot olish uchun fuqarolar tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga quyidagi raqamlar bo'yicha: +998 71 202 33 55, 1282 qisqa raqami yoki uning respublika hududlaridagi hududiy bo'limlariga murojaat qilishlari mumkin.