Elchixona axboroti
Aziz o'quvchilar va ularning ota-onalari,
Rossiya Fan va oliy ta'lim vazirligining rasmiy ma'lumotlariga ko'ra (https://minobrnauki.gov.ru/press-center/news/?ELEMENT_ID=31308) Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 2021 yil 16 martdagi 639-r-son buyrug'iga binoan chet ellik talabalar, aspirantlar, ordinatorlar hamda tayyorgarlik fakultetlari tinglovchilari uchun Rossiyaga o'qishni davom ettirish uchun qaytishga ruxsat beriladi.
Rossiyaning Fan va oliy ta'lim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan chet ellik talabalarni qabul qilish tartibiga ko'ra, o'qish uchun faqat Rospotrebnadzor tomonidan xavfsiz epidemiologik vaziyatga ega mamlakat sifatida tavsiya etilgan mamlakatlarning fuqarolari kirishi mumkin. Xususan, Abxaziya, Ozarbayjon, Armaniston, Belorussiya, Vetnam, Gretsiya, Misr, Hindiston, Qozog'iston, Qatar, Qirg'iziston, Kuba, Maldiv orollari, BAA, Seyshel orollari, Serbiya, Singapur, Tanzaniya, Turkiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Efiopiya, Janubiy Koreya, Janubiy Osetiya, Yaponiya.
Talabalari Rossiyaga kirishga ruxsat etiluvchi davlatlarning ro'yxati Rospotrebnadzor tomonidan muntazam ravishda yangilanib turadi va universitetlar tomonidan talabalarga, shu jumladan universitet veb-saytlaridagi shaxsiy akkauntlari orqali, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlardagi rasmiy sahifalar orqali yetkaziladi.
O'zbekiston fuqarolari bo'lgan talabalar, aspirantlar, ordinatorlar va tayyorgarlik fakultetlari talabalarining Rossiyaga kirishi ochiq bo'lgan davlatlar ro'yxatiga kiritilishi bilan qo'shimcha ravishda e'lon qilinadi.
Qo'shimcha savollaringiz bo'yicha Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta'lim vazirligining maxsus Vaziyat markaziga +7 (495) 198-00-00 telefon raqami yoki scminobr@mail.ru elektron pochta orqali murojaat qilishingiz mumkin.
Shu asosda, Elchixona Rossiyaning ta'lim muassasalarida tahsil olayotgan O'zbekiston fuqarolari cheklov choralari tufayli ushbu mamlakatga kirish huquqiga ega bo'lgan fuqarolar toifasiga kirmasligini ma'lum qiladi.