Narzullo Naimovich Oblomurodov
Oblomurodov Narzullo Naimovich 1975 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan.
Millati - o'zbek. Ma'lumoti - oliy. 1996 yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda 2000 yilda Birmingem universiteti (Buyuk Britaniya)ni tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodchi. Iqtisod fanlari nomzodi, dotsent.
N.Oblomurodov ko‘p yillar oliy taʼlim tizimida, jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent moliya institutida kafedra mudiri, fakultet dekani lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Bank-moliya sohasi hamda davlat boshqaruv organlari tizimida, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatida masʼul lavozimlarda ishlagan.
2020-2021 yillarda Narzullo Oblomurodov O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida mamlakatimizda tobora dolzarb bo‘lib borayotgan ekologik muammolarni hal etishda faol ishtirok etdi.
2021 yil 1 fevraldan O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi lavozimida faoliyat olib bormoqda.
Narzullo Oblomurodov oilali, uch nafar farzandi bor.